Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 192868
Gallery image 192869
Gallery image 192870
Gallery image 192871
Gallery image 192872
Gallery image 192873
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
20 Iyul 2026
14:52

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati – tuman hokimi X.Suvonov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi qabul o'tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

Murojaatlar asosan kadastr, soliq, kommunal xizmatlar va boshqa ijtimoiy sohalarga oid masalalarni qamrab oldi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha ko'rib chiqildi.

Qabul davomida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan esa tegishli mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.