Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 192858
Gallery image 192859
Gallery image 192860
Gallery image 192861
Gallery image 192862
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
20 Iyul 2026
14:47

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputatlar E.Babayev, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori ijrosi doirasida A.Navoiy mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismini ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini yanada oshirish va ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi.