Barcha yangiliklar
📍 Investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishildi
Gallery image 192708
Gallery image 192709
Gallery image 192710
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
16 Iyul 2026
00:00

📍 Investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat B.Jo‘rayev tomonidan Oqtepa mahallasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari o‘rganildi.

Tashrif davomida loyihalarning amalga oshirilish jarayoni, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi hamda istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda mahalla aholisi manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Investitsiya — taraqqiyot, yangi imkoniyatlar va farovon kelajak sari muhim qadamdir.