Barcha yangiliklar







TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
20 Iyul 2026
10:53
Yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi
#qonun_19_1_modda
#yoshlar
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
Yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev tomonidan JIEM-1-son manzil koloniyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish hamda jamiyatda munosib o‘rin topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot jarayonida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, kelgusidagi rejalar va hayotiy maqsadlarni belgilash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kelajakka ishonch bilan qadam tashlashlariga ko‘maklashishga qaratildi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash