Barcha yangiliklar
📍 Sessiya oldidan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 192697
Gallery image 192698
Gallery image 192699
Gallery image 192700
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
16 Iyul 2026
00:00

📍 Sessiya oldidan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Djabborov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov hamda ishchi guruh a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida sohaning joriy faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun tayyorlandi.

Har bir masalaning puxta o‘rganilishi — samarali va asosli qarorlar qabul qilinishining muhim kafolatidir.