Barcha yangiliklar
📚 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
Gallery image 192686
Gallery image 192687
Gallery image 192688
Gallery image 192689
Gallery image 192690
Gallery image 192691
Gallery image 192692
Gallery image 192693
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
16 Iyul 2026
00:00

📚 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev hamda Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasining VII-29-39-10-135-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan Shova mahallasidagi 40-son umumta’lim maktabida bo‘ldilar.

Tashrif davomida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom etadi.