Barcha yangiliklar
📌 Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 192682
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
20 Iyul 2026
10:42

📌 Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sh.Ahmedova mahalla raisi ishtirokida hududdagi umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

🏫 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining moddiy-texnik holati, sinf xonalari va hududni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, ta’mirlash ishlari hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.