Barcha yangiliklar
📌 Deputat agrotexnik seminar ishtirokchisi bo‘ldi
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
20 Iyul 2026
10:35

📌 Deputat agrotexnik seminar ishtirokchisi bo‘ldi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi - tuman hokimi Akmal O‘rtikovich Jimalyazov tumanning Saidlar hududidagi fermer xo‘jaliklarida o‘tkazilgan dolzarb agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tajriba almashish seminarida ishtirok etdi.

🌱 Seminar davomida mavsumiy agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, hosildorlikni oshirish hamda fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislarning tavsiyalari tinglanib, amaliy tajribalar almashildi.