Barcha yangiliklar
📝 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amalda
Gallery image 192640
Gallery image 192641
Gallery image 192642
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
15 Iyul 2026
00:00

📝 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amalda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S. Lyu hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenovlar Isfara mahallasida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolarning murojaatlarini tingladilar.

Jumladan, mahalladagi "Hurmazor berk" ko‘chasini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi yuzasidan aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganildi.

Mazkur muammoni hal etish maqsadida mas’ul tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
🤝 Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududdagi dolzarb muammolarni hal etish yo‘lidagi ishlar izchil davom etadi.