Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 192573
Gallery image 192574
Gallery image 192575
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
20 Iyul 2026
10:01

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 "Katta hayot" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-"Katta hayot–Do‘stlik" saylov okrugi deputati T. Mirzayev "Katta hayot" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

👮 O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori R. Xudayqulovning mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.

🤝 Shuningdek, hududdagi kriminogen vaziyat, amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda aholi bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari yuzasidan fikr almashildi.