Barcha yangiliklar
📍 Mahalladagi islohotlar — e'tibor markazida
Gallery image 192544
Gallery image 192545
Gallery image 192546
Gallery image 192547
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
13 Iyul 2026
00:00

📍 Mahalladagi islohotlar — e'tibor markazida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan A. Xolmurzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Utegenov mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishdi.

Tashrif davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalar farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Mahallalarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar aholi farovonligini yuksaltirish va xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.