Barcha yangiliklar
🤝 Aholining ijtimoiy himoyasi – doimiy e’tiborda!
Gallery image 192461
Gallery image 192462
Gallery image 192463
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
08 Iyul 2026
00:00

🤝 Aholining ijtimoiy himoyasi – doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Shokirova “Bunyodkor” mahallasida boʻlib, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi holatini oʻrgandi.

Shuningdek, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning tayinlanishi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi jarayonlari ham oʻrganildi. Oʻrganish davomida mavjud holatlar tahlil qilinib, xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Har bir fuqaroning ijtimoiy himoyasi va munosib turmush sharoitini taʼminlash — ustuvor vazifalardan biridir.