Barcha yangiliklar
Tuman hokimi fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
Gallery image 192406
Gallery image 192407
Gallery image 192408
Gallery image 192409
Gallery image 192410
Gallery image 192411
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
18 Iyul 2026
19:09

Tuman hokimi fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi

Dastlab "Arslonboyli" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Abdumurodov Xolmurod xonadoniga tashrif buyurilib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi hamda fuqaroning savollariga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng ishchi guruh "Bobotog‘" mahallasida yashovchi fuqaro Rahmatova Feruza xonadoniga tashrif buyurdi. Murojaatda qayd etilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda muammoni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Ta'kidlanganidek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyida hal etish va aholi bilan ochiq muloqotni ta'minlash tuman hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.