Barcha yangiliklar
"Yangi shahar" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari muhokama qilindi
Gallery image 192402
Gallery image 192403
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
17 Iyul 2026
19:05

"Yangi shahar" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari muhokama qilindi

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida mazkur mahallada olib borilayotgan ishlarning borishi tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi muhokama etildi.
Mazkur qarorga muvofiq, "Yangi shahar" mahallasi og‘ir toifaga kiritilgan bo‘lib, hududda aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Loyiha doirasida 3,5 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash, 2 kilometr piyodalar yo‘laklarini barpo etish, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 4 kilometr yangi elektr tarmog‘ini tortish, beton tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda 1 ta yangi transformatorni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda tasdiqlangan reja-grafik asosida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ishchi yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlar rahbarlariga loyihalarni belgilangan muddatlarda, sifat talablariga to‘liq rioya etgan holda yakunlash hamda har bir ishni doimiy nazorat ostida olib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.