Barcha yangiliklar
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda
Gallery image 192396
Gallery image 192397
Gallery image 192398
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
17 Iyul 2026
19:02

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda

Mazkur loyiha yoshlarni sport, madaniyat, san’at, kitobxonlik hamda turli to‘garaklarga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga qaratilgan.
Tadbirlar davomida yoshlar ishtirokida sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ijodiy tanlovlar, kitobxonlik aksiyalari va turli fan to‘garaklari tashkil etilmoqda. Bu esa yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasidagi ishlar yoz davomida keng qamrovda davom ettirilmoqda.