Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan  “Arslonboyli” mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Gallery image 192371
Gallery image 192372
Gallery image 192373
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
16 Iyul 2026
18:50

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan “Arslonboyli” mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanining og‘ir toifadagi “Arslonboyli” mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan mahallada 3.5 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 2.5 km piyodalar yo‘lakchasi qurish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda mahallaga olib boruvchi hamda ichki ko‘chalarda asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar  bilan tanishdi.
Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.