Barcha yangiliklar
Deputatlar Qumqo‘rg‘on tuman IIB xuzuridagi qo‘riqlash xizmati  faoliyatini  nazorat tartibida o‘rganishdi.
Gallery image 192366
Gallery image 192367
Gallery image 192368
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
16 Iyul 2026
18:48

Deputatlar Qumqo‘rg‘on tuman IIB xuzuridagi qo‘riqlash xizmati faoliyatini nazorat tartibida o‘rganishdi.

O‘rganish davomida qo‘riqlash xizmatining asosiy vazifasi shartnoma asosida davlat va xususiy mulk ob’ektlarini, mol-mulklarni qo‘riqlash, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishildi.
Shuningdek, turli mulk shaklidagi ob’ektlar, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini shartnoma asosida qo‘riqlashni ta’minlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlariga ko‘maklashish va mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etishi muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida davlat va xususiy mulk ob’ektlarini, mol-mulklarni qo‘riqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni samarali tashkil etish, qo‘riqlash xizmatini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.