Barcha yangiliklar
Deputatlar Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi  faoliyatini  nazorat tartibida o‘rganishdi.
Gallery image 192362
Gallery image 192363
Gallery image 192364
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
15 Iyul 2026
18:45

Deputatlar Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi faoliyatini nazorat tartibida o‘rganishdi.

O‘rganish davomida ijro intizomi, qonun ustuvorligi va aholi muammolarini hal etish bo‘yicha aholi murojaatlar bilan ishlash hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan atroflicha tanishildi.
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari bilan savol-javob tarzida muloqot o‘tkazildi. Unda qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, xodimlarning huquq va majburiyatlari, ijro intizomi rioya qilinishi masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida qonunchilik hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, ijro ma’murchiligini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.