Barcha yangiliklar
Prezident qarori ijrosi: 53-son maktabda yangi o‘quv binosi qurilishi deputatlar nazoratida
Gallery image 192348
Gallery image 192349
Gallery image 192350
Gallery image 192351
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
15 Iyul 2026
18:40

Prezident qarori ijrosi: 53-son maktabda yangi o‘quv binosi qurilishi deputatlar nazoratida

Mazkur bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov qurilish maydoniga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Ma'lumot uchun: loyiha qiymati 2 milliard 731 million so‘mni tashkil etadi. Hozirda qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha va reja-grafik asosida sifatli hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda.
Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi maktabning o‘quv quvvatini oshirish, o‘quvchilarga zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.