Barcha yangiliklar
SESSYa KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA: DEPUTAT “INSON” MARKAZIDA QONUNLAR IJROSINI OʻRGANDI
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
15 Iyul 2026
12:42

SESSYa KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA: DEPUTAT “INSON” MARKAZIDA QONUNLAR IJROSINI OʻRGANDI

SESSYa KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA: DEPUTAT “INSON” MARKAZIDA QONUNLAR IJROSINI OʻRGANDI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Toxirov hamda kotibiyat xodimi Sh.Ergasheva tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, vasiylik va homiylik masalalari, nogironligi bo‘lgan bolalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini samarali ta’minlash hamda bolalarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish tavsiya etildi.