Barcha yangiliklar
“24 ta muhim masala” ijrosi yuzasidan elektr ta’minoti holati o‘rganildi.
Gallery image 192219
Gallery image 192220
Gallery image 192221
Gallery image 192222
Gallery image 192223
Gallery image 192224
Gallery image 192225
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
14 Iyul 2026
12:19

“24 ta muhim masala” ijrosi yuzasidan elektr ta’minoti holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "25-Xitoy" saylov okrugi deputati G‘.Ermatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida elektr ta’minoti holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganishlar davomida hududdagi elektr infratuzilmasini yaxshilash zarurati mavjudligi aniqlandi. Jumladan:
⚡️ 2 dona transformator punktini o‘rnatish;
⚡️ ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan hamda qo‘lbola usulda tayyorlangan 120 dona yog‘och tayanchlarni zamonaviy beton tayanch ustunlariga almashtirish;
⚡️ 3 kilometr elektr uzatish tarmoqlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish zarurligi qayd etildi.

📝 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflar shakllantirilib, muammoni hal etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.