Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
Gallery image 192188
Gallery image 192189
Gallery image 192190
Gallery image 192191
Gallery image 192192
Gallery image 192193
Gallery image 192194
Gallery image 192195
Gallery image 192196
Gallery image 192197
Gallery image 192198
Gallery image 192199
Gallery image 192200
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
13 Iyul 2026
12:13

Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.

Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlarining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-grafigiga muvofiq, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.Xurboyev hamda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining deputati G‘.Abdullayevlar tomonidan "Qo‘shtegirmon" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari, Kengash kotibiyat bosh mutaxassislari, tumandagi tegishli tashkilot va korxona rahbari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi.
Jumladan:
🔹 Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar va qabul qilingan qarorlar;
🔹 deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi;
🔹 saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati;
🔹 saylov okrugida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
🔹 hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilgan tashabbuslar haqida ma'lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, deputatlar mahalliy Kengashlarning vakolatlari, deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda zarur hollarda tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovi yuborish tartibi yuzasidan ham tushuntirishlar berishdi.