Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.
Gallery image 192154
Gallery image 192155
Gallery image 192156
Gallery image 192157
Gallery image 192158
Gallery image 192159
Gallery image 192160
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
18 Iyul 2026
11:32

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Tursunxo‘ja Jabborxonov o‘z saylov okrugidagi "O‘zgarish" va "G‘ayrat" MFYlarda bo‘ldi.

Tashrif davomida mahalla aholisi bilan uchrashilib, hududlarda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, ko‘cha va jamoat joylari ozodaligini ta'minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda fuqarolar faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Mahallalarda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, 2026-yil 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda "mahalla yettiligi" faoliyatini yangicha tashkil etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fuqarolarga batafsil tushuntirishlar berildi.