Barcha yangiliklar
Saylovchilar qabuli partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan o‘tkazildi
Gallery image 192141
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
18 Iyul 2026
11:07

Saylovchilar qabuli partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan o‘tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J.Quryazov tomonidan o‘zi saylangan Sharlauk mahallasida partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan saylovchilar qabuli tashkil etildi.

📋 Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar, infratuzilma va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar hamda takliflar tinglandi. Bildirilgan murojaatlar qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.

🤝 Shuningdek, saylovchilar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ijobiy hal etish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.