Barcha yangiliklar
🏫 Yoshlar salomatligi va sport — doimiy e'tiborda!
Gallery image 192050
Gallery image 192051
Gallery image 192052
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
07 Iyul 2026
00:00

🏫 Yoshlar salomatligi va sport — doimiy e'tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov "Do‘stlik" mahallasidagi 1-sonli umumta'lim maktabida bo‘lib, sport zalining holati hamda o‘quvchilar foydalanayotgan sport anjomlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, sport infratuzilmasini yanada yaxshilash va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

💪 Sog‘lom turmush tarzi va barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi bunday tashabbuslar doimo e'tibor markazida.