Barcha yangiliklar
#Deputat_nazarati
Gallery image 191925
Gallery image 191926
Gallery image 191927
Gallery image 191928
Gallery image 191929
Gallery image 191930
Gallery image 191931
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
17 Iyul 2026
19:29

#Deputat_nazarati

5-O‘rikzor okrugi deputati N.Bayzakova mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

🔰Deputat ijtimoiy xodim tomonidan oilalarning ijtimoiy holatini baholash, ehtiyojmand fuqarolarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida xonadonlarga bordi. Fuqarolarning muammolarini eʼtirozlari, takliflarlni tingladi.Ijtimoiy xodimga yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

🔰Tashrif yakunida mahallada ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yo‘lida hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.