Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 191919
Gallery image 191920
Gallery image 191921
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
17 Iyul 2026
19:27

O‘rganish

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Olimxon Akramovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G.Shodiyeva deputatlik okrugidagi "Tariq-Teshar" mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

✅Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash, ularni o‘z vaqtida to‘lash, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda amaldagi qonunchilik talablari ijrosi o‘rganildi.

✅Ijtimoiy xizmatlarning sifati va shaffofligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida ekani ta’kidlandi.