Barcha yangiliklar
#Deputat_mahallada
Gallery image 191911
Gallery image 191912
Gallery image 191913
Gallery image 191914
Gallery image 191915
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
17 Iyul 2026
19:25

#Deputat_mahallada

Tuman Kengashi deputati Nigora Bayzakova "O‘rikzor" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘RQ-561-sonli Qonuni ijrosining ta’minlanishi holatini o‘rgandi.

Deputat mahallada xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday shaklidan himoya qilish, huquqiy ongini yuksaltirish hamda muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, mahalla faollari, xotin-qizlar faoli hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, qonun talablarining amaldagi ijrosi, profilaktik chora-tadbirlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi va xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-huquqiy yordam masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.