Barcha yangiliklar
Sessiya kun tartibidagi masala o‘rganildi
Gallery image 191908
Gallery image 191909
Gallery image 191910
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
17 Iyul 2026
19:23

Sessiya kun tartibidagi masala o‘rganildi

Sessiya kun tartibidagi masala o‘rganildi

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati Oʻ.Joʻrayev o‘z saylov okrugidagi "Yangi Bozsuv" mahallasida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalasi yuzasidan Zangiota tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti yuzasidan o‘rganish ishlari olib borish maqsadida mahalla profilaktika inspektori faoliyatini o‘rgandi.

♻️O‘rganish jarayonida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot olindi.

♻️Mazkur o‘rganish natijalari deputatlik nazorati doirasida tahlil qilinib, navbatdagi sessiyada Zangiota tumani IIB hisobotini muhokama qilish jarayonida inobatga olinadi.