Barcha yangiliklar
Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
Gallery image 191800
Gallery image 191801
Gallery image 191802
Gallery image 191803
Gallery image 191804
Gallery image 191805
QULMUXAMEDOVA SEVARA QO‘LDOSHEVNA
17 Iyul 2026
18:19

Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi

Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyat mudiri R Sultanov, Kotibiyat bosh mutaxassisi S Qulmuxamedovaga biriktirilgan 17-Boyg'uli saylov okrugi deputati (O‘zLiDeP partiya guruhi a’zosi) I Abdurahmonovaning okrugiga tegishli Boyg'uli mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Xitoy "Donjiya Green" hususiy korhonasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ishlab chiqarish korxonasining faoliyati, mahsulot tayyorlash jarayoni, uskunalardan foydalanish samaradorligi hamda yaratilgan ish o‘rinlari ko‘zdan kechirilib, mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi.

Shuningdek, investitsiya mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi va ishlab chiqarish hajmini oshirish borasidagi ishlar muhokama etildi.Deputat tomonidan loyihalarning samaradorligini yanada oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
17.07.2026
👇👇👇
https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==