Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi
Gallery image 191795
Gallery image 191796
Gallery image 191797
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
17 Iyul 2026
18:20

Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan "Yalong'och ota" mahalla fuqarolar yig‘inida fuqaro murojaati asosida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar hamda mahalla "yettiligi" a’zolari ishtirok etib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi hamda fuqaroning ijtimoiy holati o‘rganildi.

Uchrashuv davomida ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar, mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda davlat tomonidan yaratilgan ijtimoiy himoya imkoniyatlari yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqaroning murojaatini amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqish, zarur ijtimoiy yordam choralarini belgilash hamda masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi