Barcha yangiliklar
#deputat nazorati
Gallery image 191786
Gallery image 191787
Gallery image 191788
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
17 Iyul 2026
18:19

#deputat nazorati

#Deputat Nazorati

#Mahalladagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi

📍Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hudud deputati Nam Liananing vakili sifatida shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat mutaxassisi hamda "Qumariq" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida "Qumariq" mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida ichki yo‘llarning texnik holati, qatnov uchun yaratilgan sharoit, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va e'tirozlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholining yo‘llarni ta'mirlash va infratuzilmani yaxshilash yuzasidan bildirgan murojaatlariga alohida e'tibor qaratildi.

✍️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, ularning ijrosi deputatlik nazorati tartibida monitoring qilib borilishi belgilandi.