Barcha yangiliklar







SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
17 Iyul 2026
16:28
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala Sherobod tumani hokimligi huzuridagi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sport musobaqalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Mazkur masala yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari X.Xojidinov ushbu masalaning doimiy komissiyada atroflicha muhokama qilingani hamda qaror loyihasi yuzasidan komissiya xulosalarini bayon etdi.