Barcha yangiliklar
#o'rganish #nazorat
Gallery image 191495
Gallery image 191496
Gallery image 191497
Gallery image 191498
Gallery image 191499
Gallery image 191500
Gallery image 191501
Gallery image 191502
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
17 Apr 2026
16:07

#o'rganish #nazorat

Olmaliq shahar “Do‘stlik” mahallasida ishchi guruhining navbatdagi tanqidiy va tahliliy o‘rganish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
👥Ishchi guruh tarkibi:
Deputatlar: Zuhra Po‘latova, Lenura Baydullayeva, Muhiddin Abdullayev, Matluba Ashurova hamda hudud deputati Bahodir Miralimov;
Kotibiyat vakili: Mudir Sevar Qodirova hamda Bosh mutaxassis Muhriddin Begmatov.

Ishchi guruh tomonidan “Mahalla yettiligi” (mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy hodimi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi va soliq inspektori) faoliyati barcha muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘zdan kechirildi:
📝Murojaatlar bilan ishlash va hujjatlar yuritilishi;
💼Aholi bandligi, ishsiz yoshlar va ijtimoiy yordamlar taqsimoti;
👨‍👩‍👧‍👦Oilaviy masalalar va ijtimoiy muhit barqarorligi;
🧹Hudud obodligi va chiqindilarni olib chiqish tizimi
👮‍♀️mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar.

✅YUQORI NATIJA:
O‘rganish yakunida “Do‘stlik” mahallasi yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mahalla barcha yo‘nalishlar bo‘yicha NAMUNALI deb topildi. Shuningdek, erishilgan natijalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.