Barcha yangiliklar
#sport #nazorat
Gallery image 191481
Gallery image 191482
Gallery image 191483
Gallery image 191484
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
17 Apr 2026
16:06

#sport #nazorat

Olmaliq shahar "Uvaysiy" mahallasi hududida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida sportga bo‘lgan e’tibor va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda hudud deputati Azamat Mavlonovning vakili bosh mutaxassis Muhriddin Begmatov maktabning sport zallari holati va sport anjomlari zaxirasini ko‘zdan kechirdilar.

✅Natijalar quvonarli:

Sport zallari namunali darajada, toza va mashg‘ulotlar uchun to‘liq tayyor holatda.
Barcha sport anjomlari va jihozlari butun hamda sifatli. Shuningdek, yetarli darajada sport anjomlari zaxirasi mavjudligi aniqlandi.

Maktab o‘quvchilarining sport mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishi yuqori bo‘lib, darslarda faol ishtirok etmoqdalar.

✨Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning jismonan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishi uchun maktabda barcha imkoniyatlar yaratilgan.