Barcha yangiliklar
#kotibiyat_faoliyati _tajriba_almashish
Gallery image 191453
Gallery image 191454
Gallery image 191455
Gallery image 191456
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
15 Apr 2026
16:00

#kotibiyat_faoliyati _tajriba_almashish

Ushbu tashrif doirasida Piskent tuman Kengashida yo‘lga qo‘yilgan ish yuritish tizimi, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash mexanizmlari hamda mahalliy Kengash faoliyatini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar kotibiyat faoliyatini takomillashtirish, hujjatlar aylanishini optimallashtirish, doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish hamda deputatlar va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni kuchaytirish yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.

Amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar jarayonida har bir hududda qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar tahlil qilinib, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif yakunida mehmonlar Piskent tuman Kengashida yaratilgan sharoitlar va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli yondashuvlarni ijobiy baholab, bunday tajriba almashuvlari mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.