Barcha yangiliklar
“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
Gallery image 191435
Gallery image 191436
Gallery image 191437
Gallery image 191438
Gallery image 191439
Gallery image 191440
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
17 Iyul 2026
15:40

“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan 13-sonli “Umid” saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Ziyokor” mahallasi xotin-qizlar faoli G‘.Hasanovaning faoliyati, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.