Barcha yangiliklar
24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
Gallery image 191419
Gallery image 191420
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
17 Iyul 2026
15:21

24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xolmatov Hojiakbar Karimjon o‘g‘li kotibiyat bosh mutaxassislari bilan birgalikda “Taraqqiyot” MFYda bo‘ldi.

Tashrif davomida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, 2026-yil 16-iyul kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahallada hamjihatlikda ish olib borish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangi tizim asosida tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Amaliy ishlar izchil davom etmoqda.