Barcha yangiliklar
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
Gallery image 191403
Gallery image 191404
Gallery image 191405
Gallery image 191406
Gallery image 191407
Gallery image 191408
Gallery image 191409
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
17 Iyul 2026
15:09

"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida

 "Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 16-Oltinsoy saylov okrugi deputati Feruza Abidjanova tomonidan"Oltinsoy" mahalla hududida "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari o‘rganildi.

📍 Hududda piyodalar yo‘laklarini rekonstruksiya qilish, ko‘zi ojiz fuqarolar uchun taktil yo‘laklarni barpo etish, bolalar sport maydonchasini obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.

📌 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PF–408-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish vazifalari hamda 2023–2027-yillarda "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

✅ Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish yuzasidan jamoatchilik nazorati muntazam davom ettirilmoqda.