Barcha yangiliklar
24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
Gallery image 191401
Gallery image 191402
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
17 Iyul 2026
15:09

24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xolmatov Hojiakbar Karimjon o‘g‘li kotibiyat bosh mutaxassislari bilan birgalikda “Pistamozor” MFYda bo‘ldi.

Tashrif davomida mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi. Jumladan, “Pistamozor” qabristonida aholi tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Hududlarni obod saqlash, aholi bilan hamkorlikda ish olib borish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.