Barcha yangiliklar
24 tavsiya ijrosi amalda
Gallery image 191370
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
17 Iyul 2026
14:51

24 tavsiya ijrosi amalda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Malik Jalolov o‘z saylov okrugidagi “Bo‘ston” MFYda bo‘lib, mahalla raisi O. Teshboyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari va muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, mahallada hamjihatlikda ishlash va "mahalla yettiligi" faoliyatini yangi tizim asosida tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.