Barcha yangiliklar
Haftalik vazifalar ijrosi muhokama qilindi
Gallery image 191359
Gallery image 191360
Gallery image 191361
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
17 Iyul 2026
14:48

Haftalik vazifalar ijrosi muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida haftalik ish rejasi ijrosi, deputatlar faoliyati, 24 ta tavsiya hamda 162 ta qonun ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kengash raisi R. Ziyayev, kotibiyat mudiri B. Mo‘ydinov, deputatlar hamda kotibiyat mutaxassislari ishtirok etdi.

Muhokama davomida deputatlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, amalga oshirilayotgan ishlar soni va sifatini yanada oshirish, shuningdek, haftalik ish rejasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.