Barcha yangiliklar
Ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi.
Gallery image 191257
Gallery image 191258
Gallery image 191259
Gallery image 191260
Gallery image 191261
Gallery image 191262
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
17 Iyul 2026
13:06

Ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 18-Qosim ota Farmonov saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi Z.Turdimatov Xalq deputatlari shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova bilan birgalikda o‘z saylov okrugidagi ichki ko‘chalarni holati, tungi yoritish chiroqlari, daraxatlarni sug‘orish bo‘yicha irrigatsiya tarmoqlarini ishlashi o‘rganildi. Mahalladagi Sayram, Navro‘z mahallasi aholisi bilan uchrashildi. O‘rganishda Qosim ota Farmonov MFY raisi M.Asqarova, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Subanov, qurilish tashkilotini vakillari ishtirok etdi. Mahalladagi Sayram, Navro‘z, Shaxmatchi ko‘chalarida tungi yoritishda 3 ta muammo, Olchazor, Bekobod ko‘chalarida ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari ta’mirlash ishlarida 2 ta muammo aniqlandi. Yo‘llarda harakatlanish cheklanganligi bois fuqarolardan ko‘plab shikoyatlar tushmoqda. Shuningdek, mahalladagi drenaj tizimi qarzdorligi muammo aniqlanib, ishlamayotganligi, bugungi issiq ob-havo sharoitida daraxtlarni qurishiga sabab bo‘layotganligi aniqlandi. Yuqoridagi muammolarni yechimi bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarish va ijrosini nazoratga olish belgilandi. Muammolar deputatning
ko‘chama ko‘cha yurish daftariga qayd etildi.