Barcha yangiliklar
#sessiya_oldi_masala #ekspert_guruhi #doimiy_komissiya #yoshlar_maslahat_guruhi
Gallery image 191246
Gallery image 191247
Gallery image 191248
Gallery image 191249
Gallery image 191250
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
17 Iyul 2026
12:21

#sessiya_oldi_masala #ekspert_guruhi #doimiy_komissiya #yoshlar_maslahat_guruhi

#sessiya_oldi_masala
#ekspert_guruhi
#doimiy_komissiya
#yoshlar_maslahat_guruhi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-son qarori ijrosi bo‘yicha Kogon shahrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, bolalar salomatligini mustahkamlash, onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktika tadbirlarini tashkil etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

O‘rganish natijasida sessiyada muhokama qilish uchun zarur ma’lumotlar umumlashtirilib, tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash