Barcha yangiliklar
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
Gallery image 191204
Gallery image 191205
Gallery image 191206
Gallery image 191207
Gallery image 191208
Gallery image 191209
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
15 Iyul 2026
11:41

Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif

Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida markazda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy infratuzilma hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

Shuningdek, markaz faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yuksaltirish, aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Tashrif yakunida ijtimoiy himoya tizimini yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni hududlarda keng joriy etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

#Olmazor #XalqDeputatlari #ToshkentShahar #IjtimoiyQollabQuvvatlash #Deputatlar #Hamkorlik