Barcha yangiliklar
Boston mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
Gallery image 191181
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
17 Iyul 2026
11:27

Boston mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi

O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, sanitariya holati hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi" a’zolari tomonidan hududni rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich bartaraf etish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Hududlarda "mahalla yettiligi" bilan yaqin hamkorlikda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, mahallalarni kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi