Barcha yangiliklar
#sessiya_oldi_masala #ekspert_guruhi #doimiy_komissiya #yoshlar_maslahat_guruhi
Gallery image 191066
Gallery image 191067
Gallery image 191068
Gallery image 191069
Gallery image 191070
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
17 Iyul 2026
10:47

#sessiya_oldi_masala #ekspert_guruhi #doimiy_komissiya #yoshlar_maslahat_guruhi

#sessiya_oldi_masala
#ekspert_guruhi
#doimiy_komissiya
#yoshlar_maslahat_guruhi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sessiyaga taqdim etilgan ma’lumotlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlarda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, doimiy komissiya a’zosi K. Yodgorova, ekspert guruhi a’zosi N. Nusayev, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda Kengash kotibiyati mutaxassislari Z. Temirova va I. Ikromov ishtirok etdi.


Joylarda Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, sessiyaga taqdim etilgan ma’lumotlarning amaldagi holatga muvofiqligi o‘rganildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar tayyorlanib, sessiya muhokamasiga kiritish uchun rasmiylashtirildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash