Barcha yangiliklar
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
Gallery image 190794
Gallery image 190795
Gallery image 190796
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
16 Iyul 2026
19:26

#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 21-"Xo‘jasoat" saylov okrugidan saylangan deputat Yu.Hakimov tomonidan "Mo‘minqul" mahallasida mahalla raisi, mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirokida aholi murojaatlarining kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarni joyida hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlar sonini kamaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube