Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi…
Gallery image 22230
Gallery image 22231
Gallery image 22232
Gallery image 22233
Gallery image 22234
Gallery image 22235
Gallery image 22236
Gallery image 22237
Gallery image 22238
Gallery image 22239
Gallery image 22240
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
26 Dek 2024
20:01

Doimiy komissiya ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi…

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli Qarorining 19-bandi ijrosi yuzasidan 2024-yilning o‘tgan oktyabr va noyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Yusupovning axboroti haqida.

2. Ishtixon tumanida 2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash haqida.

3. Tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Chinorovaning tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin- qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ajratish to‘g‘risidagi hisoboti haqida.

4. Ishtixon tumanida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni daftardan chiqarish to‘g‘risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-sonli Qarorning 9-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-sonli Qarorining 7- ilovasi 12.1-bandi ijrosi yuzasidan aholini ichimlik va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Ishtixon tuman filiali boshlig‘i B.G‘aniyevning hisoboti haqida.