Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
Gallery image 190648
Gallery image 190649
Gallery image 190650
Gallery image 190651
Gallery image 190652
Gallery image 190653
Gallery image 190654
Gallery image 190655
Gallery image 190656
PIRMATOV NURILLO RAXIMJONOVICH
16 Iyul 2026
18:35

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi

📈 Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozorovning viloyatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

➡️ Shuningdek sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2026-yil 7-aprel kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

📌 Yig'ilishda ommaviy sportni yanada rivojlantirish, Olimpiya va Paralimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash, seleksiya tizimini takomillashtirish, sport infratuzilmasini kengaytirish hamda professional sport natijadorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

✍️ Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida Farg‘ona viloyatida 2026-yilda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Mazkur dastur viloyatda sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni saralash va yuqori natijalarga erishishga xizmat qilishi ta'kidlandi.